Ko‘mir qazib chiqarish hajmi 10 million tonnaga yetkaziladi
Nashr qilingan sana: 14.05.2024 01:34:37Geologiyadagi muhim yo‘nalish ko‘rib chiqildi
13.05.2024


Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi.
Aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini ta’minlash uchun energetikaning barcha yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. Jumladan, muayyan tarmoqlarda ko‘mirdan foydalanish qo‘l keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizdagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi.
Bu imkoniyat ishga solinib, ko‘mir qazib olish hajmi izchil oshirib kelinmoqda. Xususan, 2016-yilda bu ko‘rsatkich yiliga 4 million tonnadan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 6 million 550 ming tonnaga yetdi.
Davlatimiz rahbari konlarga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligini aytgan edi. O‘tgan yili bu borada sezilarli siljish bo‘lib, tadbirkorlar tomonidan 369 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi.
Taqdimotda sohadagi rejalar haqida ham axborot berildi. Qayd etilganidek, bu yil ko‘mir qazib chiqarish 8 million tonnaga yetkaziladi. Shundan 900 ming tonnasi tadbirkorlar tomonidan olinadi. “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 500 ming tonna ko‘mirni boyitish uskunasi ishga tushiriladi.
Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi to‘rtta maydonda geologiya ishlari olib borilmoqda va kelgusi yilda qazib chiqarishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda ko‘mir qatlamlarini baholash va burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda. Bularning natijasida 2025 yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmini 10 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Mutasaddilarga sohada xalqaro standartlarni joriy etib, ko‘mir sifatini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Manba:
https://president.uz/oz/lists/view/7230
Oxirgi yangiliklar:
Konçilik sohasida: xalqaro hamkorlik − işlab çiqariş samaradorligi omili
Joriy yilning 26-noyabr kuni Toşkent şahrida foydali qazilmalarni qazib oliş böyiça II xalqaro sammit ötkazildi. Unda “Özbekkömir” AJ da Taşqi iqtisodiy aloqalar va inves...
O'qish
Xorazmda kömir ta’minoti: omborlarda 7,8 ming tonna zaxira mavjud
Kuz-qiş mavsumida aholini kömir bilan uzluksiz ta’minlaş, joylarda yuzaga kelişi mumkin bölgan muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida respublika hu...
O'qish
Qoraqalpoğistonda kömir omborlari va yetkazib beriş jarayonlari örganildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va aholi ehtiyojini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha ishlar davom etmoqda. A...
O'qish
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT Qiş yaqinlaşgan sari kömirga bölgan talab ham ortadi. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan xonadonlar, budjet taş...
O'qish