Aholi va byudjet tashkilotlarini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash qanday bormoqda?
Nashr qilingan sana: 12.09.2023 00:25:42Respublika vazirlik va idoralari hamda hokimliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan rejaga ko‘ra 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun aholi va byudjet tashkilotlariga jami 1 mln 682,5 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan. Shundan 1 mln 190,7 ming tonnasi aholiga, 491,8 ming tonnasi byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan.
Joriy yilning 11 sentyabrm holatiga aholi uchun 248,3 ming tonna yoki rejaga nisbatan 21 foiz mahsuloti tarqatildi. Byudjet tashkilotlari uchun ortib yuborilgan mahsulot 308,7 ming tonnani tashkil etdi va bu boradagi shartnomaviy rejalar to‘liq bajarildi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-118-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 26.07.2023 yildagi 314-sonli qarorlariga muvofiq, hududlarda ijtimoiy soha muassasalarini isitishga biriktirilgan tadbirkorlar (DXSH) bilan hokimliklarning xatiga asosan 283,5 ming tonna rejadan amalda 190,1 ming tonnaga 91 ta shartnoma imzolandi (oradagi farq DXSH tadbirkor import shartnoma qilgan). DXSH tadbirkorlar uchun 135,5 ming tonna rejaga nisbatan 71 % ko‘mir mahsuloti ortib yuborildi.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 89 ta hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shaxobcha mavsumga tayyorlangan. Aholi va byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir ana shu ombor va shaxobchalar orqali Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 sentyabrdagi 551-sonli qarori talablariga muvofiq, hududiy MFYlar tomonidan berilgan va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida tarqatilmoqda.
Hozirgi kunda joylardagi hokimliklarning ma’lumot xatiga asosan shartnoma tuzish, qazib olish va ortib yuborish ishlari davom etmoqda.
Farhod Xursanov,
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ rahbarining o‘rinbosari
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi – Toshkent xalqaro marafonida!
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Nufuzli xalqaro spor...
O'qish
Mustaqillik kubogida “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi yoshlari gʻoliblar safidan oʻrin egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi. Unda turli tashkilotlar xodimla...
O'qish
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish