Boʻsh ish oʻrinlariga tanlov oʻtkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 08.06.2023 07:00:59Ayni damlarda "Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida qabul komissiyasi tizim korxonalariga ishga joylashish uchun ariza topshirgan nomzodlarni test savollari va suhbat asosida sinovdan oʻtkazmoqda.
Jamiyatda bugungi talabgorlar ishga kirish uchun arizani onlayn topshiradi. Buning uchun jamiyatning internetdagi veb-saytiga kirib, oʻz bilim va malakasi boʻyicha taklif etilgan kasblardan birini tanlaydi.
Muntazam ravishda yangilab borilayotgan roʻyxat boʻyicha hozirgi kunda koʻmir sanoati korxonalarida 106 kasbga oid 160 dan ortiq boʻsh ish oʻrni taklif etilgan. Kasblar orasida yuriskonsult, ekskavator mashinisti, ekskavator mashinisti yordamchisi, konveyer liniyasi mashinisti, koʻprikli kran mashinisti, avtosamosval haydovchisi, togʻ-kon uskunalarini taʼmirlovchi, kon ishchisi va boshqa koʻplab lavozimlar bor.
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish