Davlat obyektlarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazishda dxsh qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Nashr qilingan sana: 07.07.2023 01:08:21Prezident tomonidan 12.06.2023 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida"gi PQ-118-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi PQ-185-son Qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq:
xususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaxirasini yaratishga byudjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlari moliyalashtiriladi, qolgan mablagʻlar 1 sentyabrga qadar moliyalashtiriladi;
mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xomashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda QQSni soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berilmoqda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududlaridagi obyektlar boʻyicha xususiy sheriklarning ulushi kamida 30 foizni (boshqa hududlar uchun 50 foizni) tashkil etishi kerak.
Maʼlumot uchun: ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida respublika hududlaridagi davlat ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan edi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 13.06.2023 yildan kuchga kirgan.
Манбаа: www.norma.uz
https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/davlat_obektlarini_kumir_eqilgisiga_utkazishda_dhsh_qanday_qullab-quvvatlanadi
Oxirgi yangiliklar:
Jamoa shartnomasi: huquq va kafolatlaringizni bilasizmi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq va kafolatlaringizni bilasizmi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda...
O'qish
Bozor mexanizmlari va ko‘mir sanoati: yangi imkoniyatlar, yangi mas’uliyat
Mamlakatimizda energiya resurslariga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Aholi sonining ko‘payishi, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining kengayishi,...
O'qish
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan oc...
O'qish