Elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaydi
Nashr qilingan sana: 19.09.2024 00:55:31"Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiali "O'zbekko'mir" AJ korxonalaridan tashqari, 60 dan ortiq sub iste’molchilarga ham elektr taqsimlab beradi. Ular orasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari va ko‘mir yig‘ish punktlari, teri zavodi va “Suvoqava” korxonasi ham bor.

Ochiq konda har doim elektr ekskavatorlari, konveyer va burg‘ulash qurilmalari ular vaqti-vaqti bilan ta’mirlash uchun to‘xtatiladi. Ana shunda energiyani isrof qilmaslik maqsadida ularni umumiy elektr ta’minotidan uzib qo‘yish talab etiladi. Qishning sovuq davrida, ortiqcha energiya sarfining oldini olish uchun barcha qo‘shimcha elektr uskunalari ham tarmoqlardan uziladi.
Ayni paytida bu yerda operativ dispetcherlik nazorati kechayu kunduz ishlamoqda. Dispetcherlik xizmati o‘z ixtiyoridagi avtotransport vositalari, telefon aloqasi, shuningdek xizmat ko‘rsatiladigan podstansiyalar bilan radioaloqa bilan jihozlangan tezkor mobil guruhga ega. Energiya dispetcherlari boshqa tarmoqlardagi hamkasblar bilan operativ muzokaralar olib bormoqda. Yuzaga kelgan muammolar va favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida muntazam ravishda ma’lumot berib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rilayapti.
Angrendagi ko‘mir sanoati korxonalari hududi bo‘ylab tortilgan elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 200 kilometrdan ortiq. Ayni paytda 12 ta podstansiya nafaqat “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi filiallarni, balki bir qator boshqa ob’ektlarni ham elektr bilan ta’minlamoqda. Asosiy podstansiya - TRP-2 yirik ko‘mir qazib oluvchi korxona - Angren koniga elektr energiyasi uzatadi, to‘qqizta kichik podstansiya, o‘z navbatida, TRP-2 dan quvvat oladi.
Tajribali ustoz Sergey Rahmanov boshchiligidagi ishga tushirish uchastkasi jamoasida 30 dan ortiq kishi mehnat qiladi va ularning barchasi ekskavatorlar, kon samosvallari, elektrovozlar, konvey-er liniyalari elektr tizimini ta’mirlash va sozlash bo‘yicha mukammal mutaxassislardir.

Oxirgi yangiliklar:
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish
Ta’til yoki kasallik davrida bilim sinovidan o‘tish shartmi?
Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishi ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ammo bil...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish
Jamiyat tizimida har juma “Sport kuni” deb belgilandi
Haftaning bir kunini “Sport kuni” etib belgilash to‘g‘risida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N.U. Dusmatovning 272-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Buyruq O‘zbekiston Re...
O'qish