Fargʻona viloyati: omborlarda 4 ,4 ming tonna koʻmir zahirasi mavjud
Nashr qilingan sana: 19.01.2024 03:47:27#Munosabat
Fargʻona viloyati: omborlarda 4 ,4 ming tonna koʻmir zahirasi mavjud
“Koʻmir taʼminot” MCHJ Fargʻona viloyati filiali joriy 2023/2024 yillar kuz qish mavsumi uchun aholi va byudjet tashkilotlariga 191 ming 900 tonna koʻmir yetkazib berish majburiyatini olgan boʻlib, bugungi kunga shundan 188 ming 513 tonnasi tarqatilgan yoki reja 99 foizga ado etilgan. Mavjud sakkiz omborning uchtasida yana 4 ming 413 tonna yoqilgʻi zaxirasi bor.
Ijtimoiy tarmoqda viloyatning Oltiariq tumanidagi maktablarning birida sinfxonalarni isitish uchun berilgan koʻmir Qirgʻizistondan keltirilgan boʻlib, uni yoqishda muammo boʻlayotgani aytilgan videoxabar tarqaldi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati ushbu masala yuzasidan “Koʻmir taʼminot” MCHJ Fargʻona viloyati filiali bilan bogʻlandi. Filial direktori Gʻofurjon Gaziyevning xabar qilishicha, viloyatda oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari hamda Fargʻona shahri va Soʻx tumanidan tashqari barcha byudjet tashkilotlari DXSH (davlat-xususiy sherikchilik) asosida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlarga biriktirib berilgan. Ular mahalliy koʻmir sotib olish boʻyicha "Koʻmir taʼminot" MCHJ viloyat filiali bilan shartnoma tuzish istagini bildirmagan va koʻmirga boʻlgan talabni import yoqilgʻi hisobiga qoplagan.
Gʻ.Gaziyevning qoʻshimcha qilishicha, filial Fargʻona shahri, Soʻx viloyati va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga shartnoma asosida mavsum uchun 16 ming 144 tonna mahalliy koʻmir yetkazib bergan.
Neʼmat Dushayev,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ matbuot kotibi
https://t.me/Nemat_Dushayev
Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish