G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Nashr qilingan sana: 25.06.2026 11:50:58Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish, energiya va resurslarni tejash, mehnat xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalarni zamonaviy g‘oya va ixtirolarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Yilning eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatori” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 124-sonli buyrug‘i muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tanlov korxonada innovatsion fikrlash muhitini shakllantirish, ijodkor va tashabbuskor xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.
O‘tgan yil mazkur tanlov ilk bor o‘tkazilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan eng yaxshi uchta loyiha g‘olib deb topilgan va mualliflar munosib pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Eng muhimi, mazkur loyihalarning ayrimlari amaliyotga tatbiq qilinib, korxona faoliyati uchun iqtisodiy va texnik samara berdi.
Bu yilgi tanlovda ham ishlab chiqarishda ilgari qo‘llanilmagan innovatsion yechimlar, resurs tejovchi texnologiyalar, xarajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan takliflarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qisqa muddatda va kam xarajat bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan loyihalarning ustuvorligi esa har bir mutaxassis uchun o‘z g‘oyasini namoyon etish imkoniyatini yaratadi.
Aslida, yaxshi g‘oya faqat rahbar yoki olimdan chiqmaydi. Ishlab chiqarishning o‘zida mehnat qilayotgan muhandis, mexanik, energetik, dispetcher yoki oddiy ishchi ham ko‘pchilik ko‘rmagan yechimni taklif qilishi mumkin. Ba’zan bitta ratsionalizatorlik taklifi korxonaga millionlab so‘m mablag‘ni tejab berishga yoki ish jarayonini ancha yengillashtirishga xizmat qiladi.
Shu bois barcha hamkasblarimizni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chaqiraman. Agar sizda ishlab chiqarishni takomillashtirish, resurslarni tejash, texnika va texnologiyalarni yaxshilash bo‘yicha taklif yoki g‘oya bo‘lsa, uni bildirishdan tortinmang. Balki aynan sizning loyihangiz korxona taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shar, siz esa “Yilning eng yaxshi ixtirochisi va ratsionalizatori” nomiga sazovor bo‘larsiz.
Loyihalar joriy yilning 31-iyuliga qadar qabul qilinishi davom etmoqda. Demak, o‘z bilim va tajribangizni namoyon etish, iqtidoringizni ko‘rsatish hamda munosib rag‘batga ega bo‘lish uchun hali imkoniyat bor.
Zero, taraqqiyotning asosida hamisha yangi g‘oya, yangi tashabbus va yangilikka intiluvchi insonlar turadi.
Muhammadsodiq OTABEKOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish