Haftaning har jumasi – “O‘zbekko‘mir”da sport kuni
Nashr qilingan sana: 28.08.2026 17:05:25Ertalabki badantarbiya, kun davomidagi jismoniy harakat, tushlik vaqti hamda ishdan keyingi sport mashg‘ulotlari sog‘lom hayot tarzining oddiy, ammo samarali odatlaridir. Jismoniy faollik nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki kayfiyat va ish unumdorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“O‘zbekko‘mir” AJda juma kuni ana shunday faollik va sog‘lom turmush tarziga alohida e’tibor qaratiladi. Bu kun xodimlar uchun sport bilan shug‘ullanish, hamkasblar bilan birgalikda vaqt o‘tkazish va ish kunini ko‘tarinki kayfiyatda davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Bugun ham Jamiyat xodimlari, xususan, ijro apparati jamoasi ish kunini ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshladi. Qisqa muddatli mashg‘ulotlar xodimlarning jismoniy faolligini oshirish bilan birga, kunni tetiklik va yaxshi kayfiyatda boshlashga xizmat qildi.
Tushlik vaqtida esa Jamiyatning sport majmuasida xodimlar o‘rtasida qiziqarli voleybol musobaqasi tashkil etildi. Sport maydonidagi shiddatli bahslar, jamoaviy harakat va do‘stona raqobat ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ayniqsa, bugungi sport tadbirlariga Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda hukm surayotgan bayramona kayfiyat hamohang bo‘ldi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish