Hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda
Nashr qilingan sana: 19.09.2023 23:37:45Kuni kecha, Janubiy Koreyaning "Sebine Technology" kampaniyasi vakillari Angren koʻmir konidan qazib olinadigan kaolin xom ashyosini xususiyatlarini oʻrganish maqsadida markaziy dispetcherlik binosida boʻldilar.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh geologi Erkin Joʻrayev va "Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi" filiali boshligʻi Toʻlqin Abdujalilov ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuv mehmonlar uchun juda qiziqarli va mazmundor boʻldi.
Janubiy Koreyalik mutaxassislar Angren kaolinidan alyumin va glinozyom ajratib olish boʻyicha bir qancha loyihalar ustida ishlayotganligini, kelgusida jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshishi mumkinligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdilar.
Maʼlumot uchun, Angren koʻmir konidan koʻmir qazib olish jarayonida kvarts, oxaktosh, kaolin kabi foydali qazilmalar ham olinadi.
https://t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish