INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
Nashr qilingan sana: 24.04.2026 18:04:24
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy yechimlar va istiqbolli hamkorliklarni o‘rganishda muhim platformaga aylandi. Jamiyat tomonidan transport, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi mutaxassislar jalb qilinib, ko‘rgazma ishtirokchilari bilan yaqindan tanishish va ularning tajribasini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi.
Ko‘rgazma doirasida “O‘zbekko‘mir” AJ vakillari bir qator yetakchi sanoat kompaniyalari bilan amaliy va strategik ahamiyatga ega muzokaralar olib bordi.
Xususan, UzAuto Trailer kompaniyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda og‘ir yuk tashish tizimini takomillashtirish, tashish samaradorligini oshirish va logistika xarajatlarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya tomonidan yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga ega zamonaviy tirkamalar orqali transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq takliflar berildi.
HAUL TRUCKS-CA kompaniyasi bilan muloqotlarda karyer samosvallariga servis xizmatini yaxshilash, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va texnikalarni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan texnik parkni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali xarajatlarni optimallashtirishga e’tibor qaratildi.
ASCON-TAS bilan uchrashuvda esa raqamli boshqaruv, 3D modellash va muhandislik hujjatlarini raqamlashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu yo‘nalish korxonada zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish uchun muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
ELMETRO kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda aniq o‘lchov va nazorat uskunalarini joriy etish orqali resurslar sarfini hisobga olish va nazorat qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu yechimlar ishlab chiqarish jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Profi Group bilan temiryo‘l logistikasini rivojlantirish, Kalancha kompaniyasi bilan ishlab chiqarish xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan yong‘inga qarshi innovasion yechimlar, hamda Sinara Group bilan temiryo‘l texnikasini modernizatsiya qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ko‘rgazma doirasidagi ushbu uchrashuvlar “O‘zbekko‘mir” AJ uchun faqat yangi texnologiyalarni o‘rganish emas, balki mavjud resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini modernizatsiya qilish hamda barqaror iqtisodiy samaradorlikka erishish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
INNOPROM–2026 natijalari korxonaning barcha asosiy yo‘nalishlarida – ishlab chiqarish, transport, servis, raqamlashtirish va xavfsizlik sohalarida kompleks rivojlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
Muxammadsolih Otabekov,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va innovatsiya boshqarmasi etakchi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish
Davlat tili rivojiga yana bir qadam: 41 ta yangi atama tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan davlat tilida rasmiy qo‘llaniladigan 41 ta yangi atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Bu davlat tilida i...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori: navbatdagi murojaatga munosabat
2026-yil 13-iyul kuni EKOLOG.UZ saytida Dashtobod shahridagi ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan “Ko‘mir changi salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda” sarlavhasi osti...
O'qish
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi
2026-yil 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, mahalliy xomashyo bazas...
O'qish