“Ko‘mir sanoat – birodarlik jabhasi”
Nashr qilingan sana: 26.03.2024 02:08:34

Владимир Кузнецов, генеральный директор АО «Узбекуголь»
Ko‘mir yoqilg‘isi insoniyat tomonidan qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Uning ajoyib yonuvchanligi va issiqlik berishi sovuq davrlarda odamlar uchun haqiqiy najotga aylandi. Yoqilg‘i-energetika kompleksida ko‘mir neft va tabiiy gaz bilan bir qatorda qazib olinadigan organik xom ashyolar uchligiga kiradi va tabiatda keng tarqalganligi tufayli yetakchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, uning global zaxiralari juda katta, ular bir necha asrlar davomida isitish va sanoat ehtiyojlari uchun yetarli bo‘ladi.
Geologlarning fikriga ko‘ra, sayyoramizda ko‘mir zaxiralari aniqlanganidan ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki ko‘mir qatlamlari mavjudligi uchun geologik qidiruv dunyoning hamma joylarida ham amalga oshirilmaydi. Bunday konlarni o‘zlashtirish bugungi kunda ham dolzarbdir, chunki qattiq yoqilg‘i qazib olish energetika sohasining asosi y xom ashyo manbai bo‘lib qolmoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik va yetakchi korxona sifatida mamlakatning qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondlirib kelmoqda.
Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan “Globus” jurnalining 2024 yil mart oyi sonida bosilgan “O‘zbekko‘mir” AJ jamiyat bosh direktori V.V.Kuznesovning “Ko‘mir sanoat – birodarlik jabhasi” sarlavhali maqolasi (“Ugol energii — tovariщ i brat”) korxona faoliyati haqida hikoya qilinadi.
👉 https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/ugol-energii-tovarishh-i-brat-24295/

Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ vakili “Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
2026-yil 14–16-oktabr kunlari Moskva shahrida ”Rossiya energetika haftaligi ‒ 2026” IX xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi muhim xalqaro tadbir...
O'qish