Ko‘mir koniga – zamonaviy kon texnikalari
Nashr qilingan sana: 15.04.2024 07:54:09
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yildan boshlab zamonaviy yangi kon texnialari ola boshladi.

“Avtomobil-texnologik transporti” filiali rahbari Arman Smagulovning ma’lumot berishicha, hozirgacha Yaponiyada ishlab chiqarilgan 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 22 ta “Kamatsu” avtosamosvallari qabul qilib olindi. Ayni paytda xuddi shunday texnikalar kelishi kutilmoqda. Umuman korxonaga 44 ta samosval kelishi kerak. Ushbu mashinalarning birinchi partiyasi allaqachon katta yig‘ilib, ulardan “Angren” konida keng foydalanilmoqda.
Shu bilan birga yangi texnikalarga zarur uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar xarid qilinmoqda. Kon ichki yo‘llari kengaytirilib, yangi mashinalar harakatlanishi uchun moslashtirilmoqda.
Albatta, yangi kon texnikalari keltirish, yig‘ish va ishga tushirish, bu texnologik jihatdan ancha murakkab jarayon. Balandligi uch qavatli binoday keladigan “Kamatsu” avtosamosvallarining bittasi bu yerga beshta vagonda va qismlarga ajratilgan holda yetkazib berildi.
Bugungi kungacha filial takribidagi 2-sonli avtobazasining texnik parki uchta yangi olti kubometrli yuk ko‘taruvchi mashinalar, oltita kuchli zanjirli buldozer, bitta yo‘l ta’mirlash texnikasi – avtogreyder va ikkita yoqilg‘i tashuvchi avtoransport vositasi bilan to‘ldirildi. Korxonaga yana to‘rtta zamonaviy buldozer, shuningdek, “KamAZ” avtosamosvali va 45 o‘rinli avtobus yetkazib beriladi.
Diana ANDREEVA

Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish