Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Nashr qilingan sana: 01.06.2026 12:56:27 .jpg)
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko‘mir sanoatining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan “От сырья к эффективной энергии: устойчивое будущее угля” (“Xomashyodan samarali energiyaga: ko‘mirning barqaror kelajagi”) nomli tahliliy maqola chop etildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev qalamiga mansub мazkur materialda jahon energetika tizimida ko‘mirning o‘rni, zamonaviy energetika bozoridagi tendensiyalar, ekologik yondashuvlar hamda O‘zbekiston ko‘mir sanoatini rivojlantirish istiqbollari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda energiya xavfsizligini ta’minlash, ko‘mir resurslaridan samarali foydalanish va sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va strategik yo‘nalishlar haqida ham fikr yuritilgan.
Elektron jurnal versiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.vnedra.ru/wp-content/uploads/2026/05/globus91-globus91.pdf
Maqola saytga joylashtirilgan:
https://www.vnedra.ru/glavnaya-tema/ot-syrya-k-effektivnoj-energii-ustojchivoe-budushhee-uglya-31236/
Oxirgi yangiliklar:
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish
Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalg...
O'qish
OAV diqqatiga: “Ko‘mir ta’minotida yangi tizim ‒ yangi imkoniyatlar” mavzusida brifing o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlashda joriy yildan amal qilayotgan yangi tizim, birja savdolari, tadbir...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish