Kon-qutqaruvchilari hamisha xushyor!
Nashr qilingan sana: 04.04.2024 04:39:25
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga xizmat ko‘rsatuvchi Shuhrat Boymurodov komandirligidagi 2-sonli Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodida navbatdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar qutqaruv vositalarining texnik holatini tekshirib, avariya vositalaridan foydalanish, taktik-texnik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir jarayonida qutqaruvchilar amaliy va amaliy bilimlari bo‘yicha imtihon topshirdilar va ularga sertifikat berildi.
Kon-qutqaruvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini vzvod bo‘lim boshlig‘i Murodjon Abdiboev, uning profilaktika va taktik-texnik tayyorgarlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zuxriddin Marahimov, tezkor ta’minlash bo‘limi va shtab muhandislari Otabek Nazirov, Abdujalil Tanjarikov va Ergashali Xatamov tomonidan baholandi.
Diana ANDREEVA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish