Konchilar mehnatiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi
Nashr qilingan sana: 15.05.2026 14:40:03.jpg)
Mamlakatimiz yer osti boyliklariga nihoyatda boy. Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida konchilik va metallurgiya sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor, soha xodimlarining fidokorona mehnati va jasorati natijasida ushbu boyliklar xalqimiz farovonligi, yurt taraqqiyoti yo‘lida samarali xizmat qilmoqda.
May oyining uchinchi yakshanbasi mamlakatimizda O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida nishonlanishi esa soha vakillariga bildirilgan yuksak e’tirofdir. Shu munosabat bilan yurtimiz bo‘ylab turli bayram tadbirlari va tantanalar o‘tkazilmoqda.
15-may kuni Oʻzbekkoʻmir aksiyadorlik jamiyatida ham kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Jamiyatning “Kapital qurilish, montaj ishlari va ijtimoiy soha” filiali faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda ilg‘or konchilar, mehnat faxriylari, jamiyat rahbariyati hamda kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.
Tadbirda Angren shahri hokimi Alisher Rayimov so‘zga chiqib, angrenlik konchilarning sharafli va mashaqqatli mehnatini alohida e’tirof etdi. U Oʻzbekkoʻmir nafaqat shahar, balki respublika miqyosida ham muhim ahamiyatga ega sanoat korxonalaridan biri ekanini ta’kidlab, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini arzon hamda sifatli mahalliy ko‘mir bilan ta’minlashda, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish va shahar iqtisodiyotini rivojlantirishda jamiyatning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi. Shu munosabat bilan u konchilar jamoasiga minnatdorlik bildirib, barchani kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Saidmurod Toʻxtaev, Oʻzbekkoʻmir bosh muhandisi – ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Vladimir Kuznetsov, jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Oybek Ismoilov va boshqalar ham so‘zga chiqib, soha xodimlari va mehnat faxriylarini muborakbod etdilar. Tantanali marosim davomida jamiyat korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or xodimlar va mehnat faxriylarining katta guruhiga Angren shahar hokimligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda Oʻzbekkoʻmir tomonidan faxriy yorliqlar, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, bir guruh ilg‘or konchilar “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Tadbir taniqli xonanda Ahror Usmonov ishtirokidagi bayram konserti bilan yakunlanib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati


.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish