Korrupsiya holatini qanday baholaysiz?
Nashr qilingan sana: 10.04.2023 23:20:24"Oʻzbekkoʻmir" AJ telegramdagi t.me/uzbekcoaluz rasmiy kanalida korrupsiya holati, bunday illatga boʻlgan munosabat va korrupsiyaga qarshi bilimlar bilan bogʻliq mavzularda bir qator soʻrovnomalari oʻtkazildi (https://t.me/uzbekcoaluz/10111).
Natijalar quyidagicha:
Mehnat jamoangizda korrupsiya holati haqida qanday fikrdasiz?
34% - korrupsiya xavf ehtimoli kuchli.
27% - korrupsiya xavfi yoʻq
23% - aniq aytolmayman
16% - xavf qisman bor
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonun va qarorlar hamda korxona lokal hujjatlari bilan tanishmisiz?
48% - ha.
30% - yoʻq.
22% - qisman.
KORRUPSIYA holatlariga duch kelasizmi?
43% - ha, tez-tez.
37% - yoʻq.
20% - kam duch kelaman.
Korrupsiyaviy holatga duch kelsangiz, bu haqida qayerga va kimga murojaat qilishni bilasizmi?
44% - ha.
33% - yoʻq.
14% - bilmayman.
9% - qisman.
Soʻrovnomalar yakuni shuni koʻrsatadiki, jamiyatda korrupsiya holati mavjud, respondentlarning aksariyat bunday holatga duch keladi, ular korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bilan ham yaxshi tanish, zarur paytda qayerga va kimga murojaat qilishni ham biladi. Demak, korruputsiyaga qarshi birgalikda kurashish samarali natija beradi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish