Korrupsiya illatiga yo‘l yo‘q!
Nashr qilingan sana: 15.12.2023 05:24:41Korrupsiya illatiga yo‘l yo‘q!
15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga presc-tur tashkil etildi. Shu kuni korrupsiyaga qarshi kurashish “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi qaroriga ko‘ra, 2021-yilning 1-oktyabridan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan edi. Ushbu hujjatdan kelib chiqib, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham korrupsiyaga qarshi kurash xizmati (komplayens) tashkil etilgan. Ayni paytda tuzilma faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilib tasdiqlangan va korrupsiya illatiga qarshi tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2023-yilning o‘tgan 11 oyi davomida korxona va uning tarkibiy tuzilmalarida korrupsiyaviy xatarlarning oldini olishga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi. Ularning ... tasi seminar va davra suhbati shaklida bo‘ldi. Oylik doirasida jamiyat filiallari, shuningdek, “Ko‘mir ta’minot” MCHJning qator filiallarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi tadbirlar Respublika va mahalliy OAVlarda, jamiyat rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borilmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ rasmiy saytida maxsus “komplayens nazorat” bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, sohaga oid ma’lumotlar va yangiliklar, korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha xabar berish uchun aloqa kanallari joylashtirilgan.
Korruputsiyaviy holatlar bo‘yicha har bir murojaat shaxsan “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori nazorati ostida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlar jamiyat va uning tarkibiy tuzilmalarida o‘z faoliyatining ochiqligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish