Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti va ishonch omili
Nashr qilingan sana: 19.05.2026 10:26:02Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida shaffoflik, halollik va qonun ustuvorligini ta’minlash korporativ boshqaruvning asosiy mezoni sifatida qaralmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekko‘mir” AJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki siyosat va tizimli chora-tadbirlar joriy etilgan.
Mazkur “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” jamiyat xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish hamda xizmat faoliyatida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan. Hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Prezident farmonlari asosida ishlab chiqilgan.
Siyosatda jamiyat tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, har bir xodimning kasbiy odobi, xizmat intizomi va korporativ madaniyatga rioya qilishi tashkilot nufuzini oshirishda muhim omil sifatida qayd etilgan.
Korrupsiya nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki jamoatchilik ishonchiga putur yetkazadi. Shu bois bu illatga qarshi kurashish faqat huquqiy choralar bilan emas, balki ochiqlik, raqamlashtirish va jamoaviy mas’uliyat orqali ham amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Xususan, elektron tizimlardan keng foydalanish, qaror qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va ichki nazorat mexanizmlarining samarali yo‘lga qo‘yilishi korrupsiya xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi siyosat xodimlar faoliyatida halollik va qonunga hurmat muhitini shakllantirishga, jamiyatning ochiq va samarali boshqaruv tizimini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida korxona nufuzini mustahkamlash va jamoatchilik ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Murodjon Abduraimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati komplayens inspektori
Oxirgi yangiliklar:
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish
Ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari: dolzarb savollarga tezkor javoblar
2026-yil 26-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan O‘zMTRK “Toshkent” telekanali studiyasida “O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I-yarim yillik yakunlari va ko‘mir sohasida b...
O'qish
Yangi o‘quv yili – yangi orzu va maqsadlar sari
Bugun yurtimiz maktablarida quvonchli ayyom – yangi o‘quv yili boshlandi. Yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Bi...
O'qish
Men konchiman ‒ mehnatim bilan, ijodkorlik ‒ maslagim
Biz, tengdoshlarim bilan birga, Mustaqillik davrida tug‘ilib, shu muhitda ulg‘aydik. Eski davr qanday bo‘lganini kattalarimizdan eshitib, kitoblardan o‘qib bildik. S...
O'qish