Korxonaga zarur mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari kengaytiriladi
Nashr qilingan sana: 01.10.2026 10:32:11Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda korxona ehtiyojidan kelib chiqib mutaxassis tayyorlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni belgilab berdi.
Kelasi yildan 75 ta oliy ta’lim muassasasida, 2028 yildan esa barcha oliygohlarda “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tizimi joriy etiladi.
Bunda ish beruvchi o‘ziga zarur mutaxassisni tayyorlash uchun oliygohga buyurtma beradi. Nomzod testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Talaba o‘qish bilan birga korxonada ishlab, amaliy ko‘nikma egallaydi.
Yangi tizim korxonalar uchun ham qator imkoniyatlarni beradi:
— talabaga to‘langan ish haqining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi;
— korxona murabbiyiga oliygoh pedagoglari oyligiga teng miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi;
— zarur hollarda talabaning ijara xarajatlari qoplanadi;
— yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar ikkinchi kursdan davlat grantiga o‘tishi mumkin;
— dual ta’limni samarali tashkil etgan oliygoh va hamkor korxonalar 1–3 milliard so‘mgacha mukofotlanadi.
Oxirgi yangiliklar:
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish
Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetk...
O'qish
Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Hurmatli ustoz konchilar, mehnat faxriylari! Siz, aziz ustozlarimizni, barcha konchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Inson hayo...
O'qish