2023-yilda 5 mln 396 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi
Nashr qilingan sana: 19.03.2024 02:17:06AOKAda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yakubov, jamiyat bosh geologi E.Jo‘raev, “Ko‘mir ta’minot” MChJ direktori o‘rinbosari F.Xursanov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamiyatning 2023 yil faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Jamiyatda 2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish 5 836,0 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6% (5 800,0 ming tonna) bajarildi.
– Iste’molchilarga 5 396,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6% (5 257,5 ming tonna) bajarildi.
– Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 469,1 mlrd so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 100,0 foizni tashkil qildi.
– Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 313,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz.
– 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va budjet tashkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, shundan aholiga 1 175,9 ming tonna, budjet tashkilotlari uchun jami 574,8 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 mln 102,4 ming tonna (95%), budjet tashkilotlariga jami 569,4 ming tonna (99%), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 349,2 ming tonna (100%), davlat xususiy sheriklik (DXSH) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlariga 220,2 ming tonna (96%) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.
Anjumanda jamiyatning 2024 yildagi rejalari haqida ham ma’lumotlar keltirilib, mavzu yuzasidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
YouTube: https://www.youtube.com/live/MQvSSq0VWHo?si=QStARoGPEL9A2NhC
Oxirgi yangiliklar:
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish