Mehnat kishisi manfatini taʼminlash yoʻlida
Nashr qilingan sana: 25.04.2023 17:53:11Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklarini va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish,uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, soʻngi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay oʻzgardi.
Eng muhimi, ana shu ijobiy oʻzgarishlar ishchi-xodimlarimiz hayotida oʻz ifodasini topmoqda. Aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga qaratilgan dasturlar samarasi nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham eʼtirof etilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi.
Maʼlumki, mamlakatimizda kasaba uyushmalari eng ommaviy jamoat tashkilot hisobldanadi va mehnat jamoalarida ishchi-xodimlarningn huquq va manfaatlarini taʼminlash ishida ushbu tashkilotlar kamarbastalik qilib kelmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 11 noyabr kasaba uyushmalari kuni etib belgilaganiyu, "Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida"gi yangi qonunning qabul qilinishi kasaba uyushmalari faoliyatidagi eng muhim voqealardan biri boʻldi.
Taʼkidlash lozimki, bugunga kelib korxonamizning jamoa shartnomasi avvalgilardan tubdan farq qila boshladi, unga yoshlar va ayollar uchun imtiyozlar koʻzda tutilgan alohida boʻlimlar, Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga amal qilinishini taʼminlashga qaratilgan bandlar kiritildi.
Oʻtgan davrda ijtimoiy va jamoaviy sherikchilikni kuchaytirish, jamoaviy-shartnomaviy munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Barcha avtobazalar jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan toʻliq qamrab olindi. Xodimlarga mehnatiga yarasha adolatli haq toʻlanishi, ularning bandligini taʼminlash, sogʻlomlashtirish masalasida sezilarli natijalarga erishildi. Jumladan, oʻtgan davrda jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan qoʻshimcha imtiyozlar hisobiga har bir xodimga kasb-koriga qarab 3 kundan 18 kungacha haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtillar berila boshlandi.
Oʻtgan davr mobaynida kasaba uyushmasi qoʻmitasining asosiy vazifalaridan biri boʻlgan mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz ish joylarini tashkil qilish masalasiga eʼtibor qaratib kelindi. Ishga qabul qilinayotgan xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqdan oʻtkazilib, uch pogʻonali nazorat yoʻlga qoʻyildi, yuvinish va kiyim almashtirish xonalari bilan ochildi. Xodimlarni maxsus kiyim, poyafzal, qoʻl qop va sut mahsulotlari bilan taʼminlab kelinmoqda.
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan har yili bayram tadbirlar oʻtkazilib, bu gal ham ishlab chiqarishda faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar "Konchilik shuhrati" koʻkrak nishoni, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Oʻzbekkoʻmir" AJ BKUQ tomonidan har yili "Vatan himoyachilari kuni" va 8-mart Xalqaro xotin- qizlar kuni, munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib, ilgʻor ishchi-xodimlar qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirib borilmoqda. "Navroʻz" umumxalq bayramini keng nishonlash maqsadida Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda milliy qadriyatimiz boʻlgan "Sumalak" taomini tayyorlanib, ishchilarga tarqatilib kelinadi. Nogironligi bor, sharoiti ogʻir oilalar, uzoq muddat kasal boʻlgan ishchilar, yolgʻiz qolgan keksalar ham eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq. Har bir bayram va muhim sanalar oldidan ular xolidan xabar olinib, oziq-ovqatlar jamlanmasi bilan taʼminlanmoqda. Ishchi-xizmatchilarning bolalari uchun har yili estrada sirk artistlari ishtirokida archa bayramlari yuqori saviyada oʻtkazilib, qimmatbaho sovgʻalar (oʻyinchoqlar) tarqatildi,bundan tashqari ishchi xizmatchilarning 12 yoshgacha farzandlariga yangi yil sovgʻalari tarqatildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida "ATT" filiali maʼmuriy binosida maʼnaviyat xonasi tashkil etilib, Respublikamizning mustaqillik yillarida chop etilgan Prezident asarlari, adabiyotlar va milliy gʻoyani targʻib etuvchi plakatlar bilan boyitildi va jihozlandi. Ishchi-xizmatchilar va ularning oilalari uchun tashkil etilgan kutubxonamizda 300 dan ortiq badiiy kitoblar bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunlari va ulugʻ sanalar, allomalarning tavallud topgan kunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish va xodimlarning maʼnaviy ozuqa olishlari uchun taniqli siyosiy sharhlovchi, "Shuhrat" medali sohibi Qobilbek Karimbekov, Toshkent viloyati maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi Shuhrat Nasimov, Toshkent viloyati malaka oshirish institutining katta oʻqituvchisi Sultonmurod Olim, Oʻzbekiston xalq artistlari Tesha Moʻminov, Odina Gʻoziyeva, Mehri Bekjanova, Saida Rametova va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artistlar Muhammadali Abduqunduzov, Gulbahor Erqulova, yozuvchi Muhiddin Omonlar taklif etilgan holda, har yili oʻndan ortiq maʼnaviyat soatlari oʻtkazildi.
Korxonamizda jismoniy tarbiya va sport ishlariga ham katta eʼtibor berib kelinadi. Xususan, sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, futbol, voleybol, badminton kabi yoʻnalishlari boʻyicha filiallararo sport musobaqalari hamisha qizgʻin kechadi. "Oʻzbekkoʻmir" AJ birinchiligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi va KONSTITUTSIYA kunlariga bagʻishlangan sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda filialimiz sportchilari faxrli 1,2,3-oʻrinlarni olishdi. "Otam, onam va men ‒ quvnoq sport oilasi" shiori ostida har yili sport musobaqalarida ham xodimlarimiz faol. Ular ushbu musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqdalar.
Har yili "Koinot" bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohida filial ishchi-xodimlarining farzandlarining mazmunli hordiq chiqarishi namunali tashkil etib kelinadi, kasaba uyushmasiga murojaat qilgan ishchi-xodimlar uchun turli sihatgohlarga yoʻllanmalar ajratilmoqda. Shuningdek, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlariga uyushtirilayotgan sayohatlar ham xodimlarimizni mazmunli dam olishida muhim oʻrin tutmoqda.
Rahmatjon Ahmataliyev,
"AVTOMOBIL-texnologik transporti" filiali kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish