OCHIQLIKNI TAʼMINLASHGA MASʼUL BOʻLGAN XODIMLAR UCHUN IKKI KUNLIK SEMINAR
Nashr qilingan sana: 13.05.2023 10:22:37Joriy yilning 11 may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 70 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlarning ochiq maʼlumotlar siyosati va uni amalga oshirish mexanizmlari sohasidagi salohiyatini oshirish maqsadida navbatdagi ikki kunlik seminar tashkil etildi. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlumot uchun: 2022 yilda Agentlik tomonidan davlat organlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlarini oʻqitishga qaratilgan 10 ta seminar tashkil etilib, 200 dan ortiq davlat xizmatchilari oʻqitilishi taʼminlandi. Mazkur seminar ana shunday tadbirlarning mantiqiy davomidir.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 154-son farmoniga muvofiq, Agentlik tomonidan ilk bor joriy yilda "Ochiqlik indeksi" reytingi eʼlon qilindi.
Unda 86 ta davlat organi va tashkilotining ochiqlikni taʼminlash sohada amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi hamda natijadorligi 84 ta mezonni qamrab olgan 8 ta indikator asosida baholandi.
Baholash jarayonlarini har tomonlama sifatli tashkil etish maqsadida Agentlik tomonidan oʻtgan davr mobaynida davlat organlariga mazkur yoʻnalishda muntazam metodik va amaliy yordam koʻrsatilib, ushbu faoliyatni yuqori samaradorlik asosida tashkil etishga koʻmaklashib borildi.
Shuningdek, baholash jarayonlarining xolis va shaffofligini taʼminlash maqsadida mazkur Farmon bilan Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasi tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: Baholash komissiyasi Ochiqlik indeksini baholash natijalarini koʻrib chiqish hamda Ochiqlik indeksi boʻyicha yakuniy qaror qabul qiluvchi kollegial organ hisoblanib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari, shuningdek Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati hamda NNTlar vakillaridan tashkil topgan.
Yakuniy natijalarga koʻra, 15 ta davlat organining ochiqlikni taʼminlash faoliyati "yashil" (71-100 ball), 44 tasi "sariq" (55-71 ball) va 27 tasi "qizil" (55 balldan past) samaradorlik koʻrsatkichlari bilan baholangan.
Mazkur seminarda asosiy eʼtibor Ochiqlik indeksi natijalari asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish, ochiqlikni taʼminlashda yoʻl qoʻyilayotgan tizimli kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish, shuningdek, bu boradagi faoliyatni yanada yaxshilash boʻyicha tavsiya va tushuntirishlar berishga qaratildi.
Shu maqsadda ishtirokchilarga ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, Ochiqlik indeksining baholash indikatorlariga oid maʼlumotlarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq eʼlon qilib borish bilan bogʻliq masalalarda atroflicha maʼlumot berildi.
Mutaxassislar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlar, shuningdek, jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham zarur tavsiyalar berildi.
Seminar mobaynida byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlashga oid maʼlumotlarning rasmiy veb-saytda joylashtirilishi, Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlar joylashtirilishi, ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati ham koʻrib chiqildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Hamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilm...
O'qishKo‘mir koni zinalari bo‘ylab...
Qadimgi Ohangaron vodiysi hududida tektonik kuchlar ta’sirida bo‘r yotqiziqlari ochilib, ular ostidan yura davrining ko‘mirli qatlamlari yer yuzasiga chiqqan. Bu yerdagi...
O'qishKorrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!
Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida seminar va davra suhbatlari olib borilmoqda. ...
O'qishHamkorlik masalalari muhokama etildi
16-dekabr kuni “CHETRA” MCHJ va “DIZEL KOMPLEKT BEL SERVICE” korxonasi vakillari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldilar Bosh direktor V.V Kuznetsov ishtiro...
O'qish