Oçiqlik − hisobdorlik va jamoat işonçi asosi
Nashr qilingan sana: 16.11.2026 12:21:129 dekabr − Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni. Uşbu sana korrupsiyaning oldini olişda oçiqlik, şaffoflik va jamoatçilik nazoratining ahamiyatini yana bir bor eslatadi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta’minlaş borasida muayyan tizim şakllandi. Rasmiy veb-saytlar va Oçiq ma’lumotlar portali orqali ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlarni e’lon qiliş, davlat xaridlari, moliyaviy körsatkiçlar, rahbariyat faoliyati va hisobotlarni jamoatçilikka taqdim etiş amaliyoti kengaymoqda. Bu fuqarolarning axborot oliş imkoniyatlarini oşirib, taşkilotlar faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati uçun zamin yaratmoqda.
Mazkur yönalişning muhim huquqiy asoslaridan biri — Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 808-son qarori hisoblanadi. Unda oçiq ma’lumotlarni şakllantiriş, belgilangan muddatlarda e’lon qiliş, ularning töliqligi va dolzarbligini ta’minlaş, şuningdek, bu jarayonga mas’ul va malakali mutaxassislarni jalb etiş masalalari nazarda tutilgan. Prezidentning 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan esa davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan aksiyadorlik jamiyatlariga ham oçiq ma’lumotlarni e’lon qiliş böyiça talablar belgilangan.
“Özbekkömir” AJda ham korxona faoliyatiga oid oçiq ma’lumotlarni rasmiy veb-sayt orqali jamoatçilikka taqdim etib boriş yölga qöyilgan. Bu — axborot oçiqligi va hisobdorlikni ta’minlaş borasidagi muhim amaliyot. Ayni paytda uşbu işlarni yanada takomillaştiriş, mavjud ma’lumotlarni tizimlaştiriş, yagona va qulay formatda joylaştiriş, eskirgan axborotlarni yangilaş, öz ahamiyatini yöqotgan materiallarni belgilangan tartibda arxivlaş hamda takroriy ma’lumotlarni bartaraf etişga ehtiyoj bor. Bunda sayt faqat ma’lumotlar jamlanmasi emas, balki foydalanuvçi uçun qulay va işonçli axborot manbai bölişi lozim.
Eng muhimi, oçiq ma’lumotlar bilan işlaşni biror bölinmaning vazifasi deb qaraş töğri emas. Çunki har bir ma’lumot öz sohasiga mas’ul tarkibiy bölinma tomonidan şakllantiriladi va uning işonçliligi ham aynan şu mas’uliyatga boğliq. 808-son qarorda nazarda tutilgan talablardan kelib çiqib, bu jarayonga malakali mutaxassislarni biriktiriş, mas’ullar örtasida aniq hamkorlikni yölga qöyiş muhimdir. Korrupsiyaga qarşi içki nazorat xizmati esa oçiqlik talablariga rioya etilişi bilan boğliq korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş va profilaktik çoralarni işlab çiqişda iştirok etadi. Umumiy monitoring va muvofiqlaştiriş vakolati esa qonunçilikka muvofiq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi zimmasiga yuklatilgan.
Zero, oçiqlikdan maqsad − hisobot uçun ma’lumot joylaştiriş emas, balki jamoatçilikka taşkilot faoliyatini xolis baholaş imkonini berişdir. Nima iş qilindi, qanday natijaga erişildi, mablağlar qay yönalişlarga sarflandi, qanday muammolar mavjud — bu savollarga oçiq va asosli javob beriş jamoatçilikdagi turli şubhalarni kamaytiradi.
Jamiyat oldidagi hisobdorlik kuçaygan sari özaro işonç ham mustahkamlanadi. Işonç bor joyda esa hamkorlik, mas’uliyat va işga baraka böladi.
Murodjon Abduraimov,
“Özbekkömir” AJ Ijro apparati Komplayens-nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş xizmati Komplayens böyiça professional mutaxassis
Oxirgi yangiliklar:
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar "O‘zbekko‘mir" AJning bir guruh faol yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga...
O'qish
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. U...
O'qish