“O‘zbekko‘mir” AJda o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 16.09.2026 14:26:54«O‘zbekko‘mir» AJda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda tezkor va samarali harakat qilish, shuningdek, xodimlar, jumladan konchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 22 iyundagi 26/26-112-sonli ko‘rsatmasi ijrosi doirasida Angren shahar FVB, «O‘zbekko‘mir» AJ O‘FVB hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va issiqlik ta’minotida uzilishlar, shuningdek, zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning harakatlari, xavfsizlik choralarini ko‘rish va oqibatlarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy tadbirlar bajarildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlarning, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi konchilarning xavfsizligini ta’minlash, mas’ul xodimlarning bunday holatlardagi amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Bunday o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash va korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mashg‘ulot davomida 62 nafar xodim ishtirok etib, 11 ta maxsus texnika jalb qilindi.
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish.jpg)