"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
Nashr qilingan sana: 14.11.2026 14:55:11"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
"O‘zbekko‘mir" AJning bir guruh faol yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tashrif buyurib, mamlakatimiz parlamenti faoliyati, uning tuzilmasi hamda qonun ijodkorligi jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlarga Oliy Majlisning palatalari, parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish tartibi, shuningdek, deputat va senatorlarning vazifa hamda vakolatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tashabbuslari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi jarayonlar yuzasidan fikr almashdilar.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish hamda ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish