“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
Nashr qilingan sana: 28.04.2026 22:25:14“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 24-apreldagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 15-may kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2026-yil 24-aprel holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2026-yil 15-may holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyat tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
4. “O‘zbekko‘mir” AJ huzurida tashkil etilgan qo‘mitalar a’zolarini tasdiqlash.
5. “O‘zbekko‘mir” AJning 2026 yil uchun aksiyador kutilmasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefonlar: (+998 71) 150-39-80;
faks: (+998 71) 150- 39- 89;
elektron manzil: e-mail info@coal.uz,
veb-sayt: www.uzbekcoal.uz.
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish