“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Nashr qilingan sana: 22.08.2026 21:06:04O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, «Mehnat shuhrati» ordeni bilan «O‘zbekko‘mir» AJ «Transport» filiali kran mashinisti Namazov Azamat Isamatovich mukofotlandi.
.jpg)
Shuningdek, «O‘zbekko‘mir» AJ «Transport» filiali buldozer mashinisti Imanov Baxodir Shakirovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
.jpg)
Mazkur yuksak mukofotlar ko‘mir sanoati xodimlarining mamlakat iqtisodiyoti rivoji, ishlab chiqarish barqarorligi hamda soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan yuksak e’tirofdir.
«O‘zbekko‘mir» AJ jamoasi mukofot sohiblarini ushbu sharafli e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish