Rasmiy munosabat
Nashr qilingan sana: 24.10.2023 06:56:38Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida ijtimoiy koʻmirning yiriklari omborda ajratib olinib, aholiga maydasi tarqatilayotgani tanqid qilingan videolavha boʻyicha holat “Koʻmir taʼminot” MCHJ Samarqand viloyati filiali mutasaddilari tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.
Maʼlum boʻlishicha, Bulungʻur koʻmir omboriga 2023 yilning 16 oktabr kuni tuman aholisi ehtiyojlari uchun 8 vagonda jami 556,0 tonna koʻmir mahsuloti kirim qilingan. Temiryoʻl oddiy jarimalarining oldini olish maqsadida omborxonada tashish (perekitka) va vagonlarni boʻshatish ishlari olib borilayotgan vaqtda bir necha aholi isteʼmolchilari xarid uchun kelgan. Ammo vagonlardan koʻmirni tushirish va "perekitka" qilish ishlari olib borilayotganligi sababli, ularga ishlar yakunlangandan keyin xizmat koʻrsatilishi tushuntirilgan. Taxminan soat 13:30 lar atrofida vagonlar boʻshatilganidan soʻng, fuqarolarga koʻmir mahsulotini MFY raislari tomonidan berilgan maʼlumotnomalarga asosan yuklab berilgan.
Shaxsini aniqlashning iloji boʻlmagan videolavha muallifining “koʻmirning yirigi ajratib olinib, maydalari aholiga sotilayapti”, degan gaplari isbotini topmadi.
Koʻmir tushirish jarayonida vagonlarning qopqoqlari (lyuk) tagi tez toʻlib qolishi natijasida va navbatdagi vagonlar uchun boʻsh joylar tayyorlash maqsadida ularning tag qismiga yigʻilgan koʻmirni omborxonaning boshqa boʻsh turgan tomoniga maxsus texnikalari (avtoyuklovchi va avtosamosval)larda tashish (perekitka) amalga oshiriladi. Koʻmir mahsuloti uni qayta yuklash jarayonida isteʼmolchilarga tarqatilgani sari qolganlari maydalashib borishi tabiiy.
Aholiga koʻmir tarqatish chogʻida MFY hamda mahalliy hokimlik vakillari hozir boʻlib, jarayonni kuzatib borishi, aholi isteʼmolchilari esa mahsulot sifati qoniqtirmasa, xarid uni qilmasligi mumkin.
Maʼlumot oʻrnida: 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun “Koʻmir taʼminot” MCHJ Samarqand viloyat filialiga qarashli Bulungʻur hududiy koʻmir ombori tomonidan aholi isteʼmolchilariga 145,9 ming tonna mahalliy BZR markali koʻmir mahsulot yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar shundan 54,9 ming tonna yoki rejaga nisbatan 38 foiz tarqatildi.
Aholiga tarqatilayotgan koʻmir mahsuloti 2BZR markali boʻlib, sifat guvohnomasiga koʻra, boʻlaklar oʻlchami ‒ 25-500 mm., namligi ‒ 40 foizgacha, kulchanligi ‒ 17-25 foizgacha, tarkibida 25 mm.dan ziyod oʻlchamdagi mineral aralashmalari boʻlgan boʻlaklar 3 foizgacha, maydalar miqdori 20 foizdan oshmasligi kerak.
Aholi isteʼmolchilariga koʻmir mahsuloti oʻrnatilgan qatʼiy narxda, tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi masʼul xodimlari, sektor rahbarlari bilan kelishilgan holda realizatsiya qilinadi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish