Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Nashr qilingan sana: 22.07.2026 17:18:45Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Davlatimiz rahbari mazkur loyiha mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim tarixiy qadam ekanini ta’kidladi. Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bo‘lgan zamonaviy olti polosali avtomagistralning uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi barpo etiladi.
Yangi magistral foydalanishga topshirilgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 60–80 mingta transport vositasini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, yuk tashish tannarxini 20–24 foizga kamaytirishi kutilmoqda.
Qayd etilganidek, loyiha xalqaro tranzit salohiyatini oshirish, logistika markazlari va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, minglab ish o‘rinlarini tashkil etish hamda hududlar iqtisodiy faolligini sezilarli darajada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Marosim yakunida Prezidentimiz ramziy kapsula qo‘yib, yangi avtomagistral qurilishiga rasman start berdi.
Oxirgi yangiliklar:
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish
Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetk...
O'qish
Korxonaga zarur mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari kengaytiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda korxona ehtiyojidan kelib chiqib mutaxassis ta...
O'qish
Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Hurmatli ustoz konchilar, mehnat faxriylari! Siz, aziz ustozlarimizni, barcha konchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Inson hayo...
O'qish