Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Nashr qilingan sana: 01.10.2026 11:54:52Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetkazish — avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ulug‘ an’anadir.
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ana shu ezgu an’anaga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ko‘mir sanoati ustozlari va faxriylariga alohida ehtirom bildiramiz.
Bugun, 78 yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan soha zamonaviy texnika va texnologiyalar, yangi yondashuvlar bilan bir qatorda, ko‘p yillik boy kasbiy tajribaga ham tayanib rivojlanmoqda.
Bu yil ko‘mir sohasida bozor mexanizmlari joriy etilayotgani «O‘zbekko‘mir» AJ zimmasiga yangi va ulkan vazifalar yuklamoqda. Bunday sharoitda zamonaviy bilim va malakani hayotiy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, yosh mutaxassislarni kasbga puxta tayyorlash yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatimizning bugungi faoliyati ham bozor mexanizmlari asosida ishlashga moslashish jarayonini qamrab olmoqda.
Shu ma’noda, «ustoz-shogird» an’anasi — shunchaki kasb o‘rgatish emas, balki konchilik maktabining uzluksizligini ta’minlaydigan muhim qadriyatdir. O‘z kasbini yillar davomida puxta egallagan ustozlar yoshlarga nafaqat mehnat ko‘nikmalarini, balki mas’uliyat, intizom, xavfsizlik madaniyati va kasbga sadoqatni ham o‘rgatib kelmoqda.
Ayni paytda «O‘zbekko‘mir» AJ tizimida olti ming nafardan ziyod ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Ularning har biri ortida muayyan kasb maktabi, tajriba va ustozlar sabog‘i bor.
Qadrli ustozlar!
Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, xonadonlaringizga fayzu baraka, mehnatingizga omad va shogirdlaringiz kamolidan bahramand bo‘lish baxtini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Abdunosir Qayumov,
«O‘zbekko‘mir» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish