Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi
Nashr qilingan sana: 13.01.2025 06:27:56

14-yanvar ‒ Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni!
Shu munosabat bilan yurtimizning barcha hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va sport tadbirlari, atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan hamda xalqaro tanlov va musobaqalar tashkil etilmoqda.
Ayni paytda Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolari, xizmat burchini bajarish chogʻida nogiron boʻlib qolgan harbiylar, eʼtibor hamda koʻmakka muhtoj Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, shuningdek, Qurolli Kuchlar faxriylariga moddiy hamda maʼnaviy yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlar tashkil etilayotir.
Bugun “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida ham Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan tadbirda "Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Anorbek Sultonov va boshqalar Vatan himoyasi, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash muqaddas burch ekanligi, Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va oʻz hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulugʻ va olijanob ishga bagʻishlagan harbiylarimizning soʻz yuritdilar.
Oʻzbekiston sanʼat ustalari ishtirokidagi Vatanni va Vatan himoyachilarini madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar tadbirga bayramona xush kayfiyat bagʻishladi.

Oxirgi yangiliklar:
Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonuniylik, shaffoflik va shaxsiy mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobga...
O'qish
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish