Yana sakson kishi ishga qabul qilindi
Nashr qilingan sana: 05.03.2024 01:54:12“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy boʻlimlaridagi boʻsh ish oʻrinlariga yana sakson kishi ishga qabul qilindi.
Aksiyadorlik jamiyatida ishga qabul qilish va boshqa lavozimga oʻtkazish doimiy komissiya tomonidan oʻtkazilmoqda. Jarayonda shaffoflik, xolislik va oshkoralikni taʼminlash maqsadida fuqarolarning murojaatlarini korxonaning global internet tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti (www.uzbekcoal.uz) orqali onlayn qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Boʻsh ish oʻrinlariga navbatdagi tanlov 29-fevral va 4-mart kunlari oʻtkazildi.
Bundan avval, yaʼni 21-fevral kuni 54 ta kasb boʻyicha mavjud boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha eʼlon rasmiy veb-saytga joylashtirildi. 26 fevralga qadar ishga qabul boʻyicha 1079 ta onlayn ariza kelib tushdi. Fuqarolarning ushbu ariza va hujjatlari oʻrganilib, ulardan 362 tasi tanlab olindi va sinov imtihoniga taklif qilindi. 717 ariza boʻyicha talabgorlarning hujjatlari tanlagan kasbiga toʻgʻri kelmaganligi uchun rad etildi.
Sinov imtihonlariga taklif etilgan 362 talabgorning 279 nafari yetib keldi. Ularning 80 nafari kasbiy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi va suhbatdan oʻtib, jamiyat tarkibiy boʻlinmalariga ishga joylashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ular orasida ogʻir kon texnikalari – “BelAZ”, “Komatsu” samosvallari, shuningdek, buldozer va yengil avtomobil haydovchilari, elektr chilangar, gaz-elektr chilangar, chilangar sozlovchilari koʻpchilikni tashkil etadi.
230 nafar talabgor sinov testlaridan oʻtolmadi va ularga navbatdagi sinovlarga tayyorgarlik koʻrib kelishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
– Bugungi kunda jamiyatimizda ishga qabul boʻyicha arizalar qogʻoz shaklida umuman qabul qilinmaydi, barchasi onlayn tarzda yoʻlga qoʻyilgan va bu ochiqlikni taʼminlash bilan birga fuqarolarga qulaylik ham yaratadi, – deydi Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Madina Umarova. – Toʻgʻri, arizalarni onlayn qabul qilish, nomzodlarni tanlash va ularga xabar beish ancha murakkab ish va bu borada tajribalarimiz tobora ortib bormoqda. Quvonarlisi shundaki, jamiyatimizda ishlash istagini bildirgan fuqarolar soʻnggi vaqtlarda sinov imtihonlariga jiddiy tayyorgarlik koʻrib kelishmoqda, ular oʻz ustlarida ishlashayapti va bilimlarini namoyish qilmoqdalar.
Maʼlumot uchun, oʻtgan 2023-yilda jamiyat va uning tarkibiy boʻlinmalarida mavjud 330 ta boʻsh oʻrinlarga 62 ta tanlov oʻtkazildi. Jumladan 4-chorak davomida 115 ta boʻsh ish oʻrinlariga 20 ta tanlov tashkil etilib, ushbu tanlovlar boʻyicha 2563 nafar nomzod hujjat topshirdi.
Izohlar
Allayorov Salohiddin Davronovich
14.12.2024 04:36:55Oxirgi yangiliklar:
“Otam, onam, men – sportchi oilamiz!”
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan an’anaviy “Otam, onam, men – sportchi oilamiz!” spartakiadasi bo‘...
O'qish
O‘zbekiston arxiv xizmati – 106 yillik tarix va yangi davr vazifalari
29-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA) tomonidan “O‘zbekistonda arxiv tizimi tashkil topganligining 106 yilligi” munosabati bilan “O‘zbekiston arxiv xizmati: 10...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJda navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijro apparati majlislar zalida navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi. Onlayn muloqotning asosiy maqsadi — jamiyat faoliyat...
O'qish
Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan
20-oktabr kun Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasida amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘l...
O'qish