Yangi Konstitutsiyaviy qonun: nimani bilish muhim?
Nashr qilingan sana: 28.08.2026 14:59:322026-yil 14-avgustda qabul qilinib, shu kuni kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni davlat boshqaruvi tizimida muhim huquqiy asoslarni belgilab berdi. Qonunning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalarni xodimlarga tushuntirish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJda seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda jamiyatning yuridik bo‘limi mas’ullari, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy qonun bilan Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va vakolatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab berilgani haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, Administratsiyaning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, monitoring va nazorat qilish bilan bog‘liq vazifalari tushuntirildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi, xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishi, ijro intizomini ta’minlashi bilan bog‘liq jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Jamiyat yuridik bo‘limi mas’ullari tomonidan qonun normalarining amaliyotdagi ahamiyati, ularni xizmat faoliyatida to‘g‘ri qo‘llash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Qonunning mazmun-mohiyatini jamoada tushuntirishga qaratilgan bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy bilimi va mas’uliyatini yanada oshirish, faoliyatni amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etishga xizmat qiladi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir”da davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida “O‘zbekko‘mir” AJ “...
O'qish
Eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqillik shodiyonasi “o‘zbekko‘mir”da
Bayramni bayram qiladigan nima? Bezatilgan ko‘chalar, yangrayotgan kuy-qo‘shiqlar, dasturxonlaru shodiyonalarmi? Albatta, bularning ham o‘rni bor. Ammo bayramnin...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: ko‘mir qazib chiqarishda barqaror natijalar va yangi vazifalar
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish