Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Nashr qilingan sana: 21.04.2026 16:39:00Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Yashil makon” umummilliy eko-harakati bilan uyg‘un holda o‘ziga xos ruhda o‘tkazildi. Tadbir nafaqat ko‘chat ekish marosimi, balki tabiatga munosabat, ekologik tafakkur va kelajak oldidagi mas’uliyatni o‘zida mujassam etgan ezgu tashabbusga aylandi.
Mazkur tadbirda jamiyat bosh direktori N. Dusmatov, bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismoilov, bosh muhandis V. Kuznetsov hamda tizim korxonalari rahbarlari bilan birga yosh eko-faol xodimlar ham ishtirok etdi. Uchrashuv avvalida “Yashil makon” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ekotizimni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi vazifalar muhokama qilindi. So‘ngra barcha ishtirokchilar birgalikda bahorgi ko‘chat ekish ishlariga kirishdilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2026-yilda bugungi kunga qadar jamiyat hududlarida 8 ming tup ko‘chat ekilgan bo‘lib, mavsum yakuniga qadar yana 2 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bu raqamlar ortida oddiy statistika emas, balki asta-sekin yashillanib borayotgan sanoat hududlari va toza havoga hissa qo‘shayotgan fidokorona mehnat mujassam.
E’tiborlisi, jamiyatda ko‘chat ekish bilan birga uni parvarish qilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Daryo bo‘yidagi maxsus bog‘lar uchun suv nasoslari o‘rnatilgan, xizmat uylari ham mavjud. Bog‘bon va qo‘riqchilar tayinlangan bo‘lib, ular doimiy ravishda parvarish va qo‘riqlash ishlarini olib bormoqda. Bu yerda tamoyil aniq: daraxt ekishning o‘zi emas, uni ko‘kartirish muhim.
Darhaqiqat, o‘tgan yili barpo etilgan terakzorlar deyarli to‘liq unib chiqqan va bugun ular atrof-muhitni kislorod bilan boyitib, sanoat hududiga yangi hayot bag‘ishlamoqda. Kelajakda esa bu daraxtlar yetilib, sanoat va qurilish uchun muhim xom ashyo manbaiga ham aylanishi rejalashtirilgan.
Tajribali bog‘bon Bahrom Shamsiyevning ta’kidlashicha, ko‘chat parvarishida ilmiy yondashuv muhim o‘rin tutadi. Masalan, yosh nihollarga hozircha mineral o‘g‘it berilmaydi, chunki ildiz tizimi hali shakllanmagan va o‘g‘it ularni kuydirib qo‘yishi mumkin. Shu sababli dastlabki bosqichda asosiy e’tibor sug‘orish va ko‘kartirishga qaratilgan, keyingi yil bahorida esa o‘g‘itlash ishlari amalga oshiriladi.
O‘tgan mavsumda ekilgan ko‘-chatlarga qish faslida berilgan max-sus ozuqa – ammofos tufayli tuproq tarkibi boyib, daraxtlar yanada barq urib rivojlanmoqda. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bu yerda eng muhim mezon amalda: “ekilgani emas, ko‘kartirilgani hisob”.
Tadbir davomida rahbar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. Yoshlar tomonidan eko-logik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va tabiatni asrash bo‘yicha taklif va tashabbuslar bildirildi. Rahbar esa bunday ezgu ishlar nafaqat bugunning, balki ke-lajak avlodning ham musaffo hayoti uchun xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Shu tariqa “Yashil makon” tashabbusi doirasidagi bu uchrashuv oddiy tadbir emas, balki tabiat va inson o‘rtasidagi mehr rishtalarini mustahkamlovchi yashil saboq sifatida tarixga muhrlandi.
Akbar Yakubov,
“O‘zbekko‘mir” AJ ekologiya bo‘limi boshlig‘i
“Ўзбеккўмир” газетаси
2026-йил 20-апроель, “1 (106)
https://t.me/gazetalar_sharhi/41366
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish