Yoshlar murojaatlari tinglandi
Nashr qilingan sana: 31.07.2024 08:20:15Angren shahrida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda sektorlar rahbarlari, Milliy Gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi, shahar hokimligi mutasaddilari, Madaniyat bo‘limi, banklar, harbiy qism Angren Garnizoni mas’ullari va harbiy xizmatchilari mahalla yoshlari yetakchilari va uyushmagan yoshlar bilan muloqot qildilar.

Jarayonda asosan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, turar-joy ta’miri uchun kredit ajratish, bandlik, kommunal to‘lovlar uchun mavjud qarzdorlikni to‘lash bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Yoshlarning muammolari va murojaatlari e’tiborga olindi. Mahallalarda og‘ir toifali ayrim yoshlar rahbarlarga biriktirilib, otaliqqa olinganligi e’tirof etildi. Ammo yoshlarning barcha muammolari ham yetarlicha hal bo‘lmayotgani tanqid ostiga qilindi.
Yoshlar murojaatlari sohalar kesimida mas’ullarga yo‘naltirildi hamda qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvda “O‘zbekko‘mir” AJ Yoshlar yetakchilari kengashi raisi D. Abdurahmonov ishtirok etdi.

Oxirgi yangiliklar:
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish