Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 07.11.2025 14:11:03
11‑noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollari zalida tashkil etildi va unda jamiyat ijro apparati, filiallar kasaba uyushmalari faollari hamda xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirni Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov ochib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi. So‘zga chiqqanlar – O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyat kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkirbek Rashidov, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili Xurshida Rasulova, hamda Jamiyat “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiali rahbari To‘lqinjon Abdujamilov – jamiyat taraqqiyoti va xodimlar huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari faoliyatining muhimligini ta’kidladilar va sohadagi faollarni yuqori baholadilar.
Ular kasaba uyushmalari mehnatdagi sharaf va ijtimoiy adolatning asosi ekanini, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi roli katta e’tibor bilan qadrlanishini qayd etdilar. Shu bilan birga, tadbir jamoadagi hamjihatlik va mehnat qadriyatlarini targ‘ib qilishda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida jamiyat ijro apparati va filiallar kasaba uyushmalari faollariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Respublika san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi ishtirokichlarga bayramona kayfyat bag‘ishladi.

Oxirgi yangiliklar:
“Avtomobilsiz kun”: – bir kunlik tashabbus – doimiy odat
Ba’zan katta o‘zgarish uchun juda katta ish qilish shart emas. Bir kunga bo‘lsa ham xizmat avtomobilidan voz kechish, piyoda yurish yoki jamoat transportidan foydalan...
O'qish
“Avtomobilsiz kun”: sog‘lom turmush va toza atrof-muhit sari
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Avtomobilsiz kun» aksiyasining navbatdagi kuni. Har oyning 10- va 25-sanalarida tashkil etiladigan mazkur tashabbusdan ko‘zlan...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ quyidagi xaridlar bo‘yicha tanlovlar e’lon qiladi
E’LON | XARID LOTLARI “O‘zbekko‘mir” AJ xt-xarid.uz elektron platformasining “Eng maqbul takliflarni tanlash” ilovasi orqali jamiyat ehtiyojlari uchun quyidagi xaridla...
O'qish
Alifbodagi islohot: raqamli kelajak sari yana bir qadam
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Endi hujjat Senat...
O'qish