Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi murosasiz munosabat – dolzarb mavzu sifatida
Nashr qilingan sana: 25.06.2025 11:55:50
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filialining faollar zalida “Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi. Unda “Qurilish-montaj ishlari”, “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” hamda “Kapital qurilish” filiallarining xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan holatlar, bunday vaziyatlarda xodimlarning huquqlari va majburiyatlari, oldini olish mexanizmlari, shuningdek, javobgarlik turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qonunchilikdagi asosiy me’yorlar va ularning amaliy ahamiyati tushuntirilib, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda shaffoflik va xolislik muhim ekani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha atroflicha javob oldилар.
Korrupsiya xavfini kamaytirish, xodimlarda huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish, tashkilot ichida sog‘lom ish muhitini shakllantиришда муҳим ўрин тутади.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari S. Shadmanov ishtirok etdi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish