Milliy libos – dizayner va hunarmandlarning mehnat mahsuli
Nashr qilingan sana: 01.08.2025 12:23:40“O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida haftaning har juma kuni do‘ppi, atlas va adrasdan tikilgan kimlarda ishga chiqish odat tusiga aylandi. Bu bejiz emas.
Milliy liboslar xalqimizning ming yillik urf-odatlari, an’analari va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Ushbu liboslar xalqimiz tafakkuri, hayot tarzi va zehniyatini ifodalovchi bebaho madaniy boylik hisoblanadi.
Jamiyat korxonalarida milliy liboslarga bo‘lgan qiziqish ortib, ular qaytadan hayotga qaytmoqda. Bu jarayon nafaqat milliy hunarmandchilikning tiklanishiga, balki ajoyib mahalliy tikuvchi, bichuvchi, modelchi-dizaynerlarimiz uchun ham keng imkoniyatlar yaratmoqda. Har bir milliy kiyim ortida dizaynerning g‘oyasi, bichuvchining aniq hisobi va tikuvchining mahorati mujassam. Demak, ularni qo‘llab-quvvatlash – bu nafaqat milliy merosimizni asrash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish va aholini bandlik bilan ta’minlashni ham anglatadi.
Jamiyat ijro apparati xodimlari milliy liboslarni targ‘ib etishda faol bo‘lib, milliy g‘ururni yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash, shuningdek, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otish ishlarida katta hissa qo‘shmoqdalar.
.jpg)


Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish.jpg)