“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori ning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha MUROJAATI
Nashr qilingan sana: 20.05.2025 11:28:36Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaning omillariga chek qo‘yishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari misolida ham ko‘rish mumkin.
Davlatimiz rahbarining ushbu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, jamiyat tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilishi natijasida, “O‘zbekko‘mir” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat xizmati xodimi 2024-yilda korrupsiyaga qarshi ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatiga ega bo‘ldi.
Ushbu xalqaro standart talablariga muvofiq, jamiyat va uning tarkibiy filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xalqaro standart talablari bo‘yicha jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-yilda joriy etilgan 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qayta ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Shu bilan birga, jamiyat faoliyatida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan vazifalar va yo‘nalishlar belgilab olinib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, aniqlash, shuningdek, ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bundan tashqari, jamiyat tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaning oldini olishga doir targ‘ibot tadbirlari, faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha o‘quv seminarlari, treninglar va davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda.
Shu o‘rinda, jamiyatimizda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga shuni alohida ta’kidlab o’tmoqchimanki, korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyiliga tayangan holda korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etmaslik, boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilmaslik, pora olish yoki pora berish, mansabni suiiste’mol qilmaslik hamda g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeyingizdan noqonuniy foydalanmasliklaringizni so’rayman.
Sizlar, mehnat faoliyatingizdagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishingiz, o‘z lavozim majburiyatingizni bajarishda, korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni bildirgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va ichki me’yoriy-hujjatlarga rioya qilishingiz lozim.
Biz shuni unutmasligimiz kerakki, korrupsiya ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotining inqiroziga olib keladi, davlatni ich-ichidan yemiradi. Hozirda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadlariga faqat tashkiliy-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
O‘ylaymanki, jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishimiz lozim. Shunday ekan, davlat va jamoat tashkilotlari bu illatning oldini olishi va unga qarshi kurashda hamjihat bo’lishi samarali natijalarga erishishning eng maqbul yo‘li bo‘lib hisoblanadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi bo‘lsangiz yoki xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, jamiyatning quyida keltirilgan aloqa kanallari orqali o‘z murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkin:
Rasmiy sayt: uzbekcoal.uz ;
Facebook: facebook.com/uzbekcoal1 ;
Murojaat: @uzbekcoal_bot; @antikorrupsiya_uzcoal_bot ;
“O‘zbekko‘mir" AJ Murojaat bot (https://t.me/+fs8xXZVG_I83N2Ri) ;
Ishonch telefoni: +998781503980 ;
Pochta: info@coal.uz.
Yo‘llangan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda aniqlangan korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.
Unutmang, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari haqida xabar bergan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.
Korrupsiya – illat! Barchangizni unga qarshi kurashishga chaqiraman!
Hurmat bilan,
N.U.Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Tadbirda jamiyat xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashishning samarali usullari va qonunchilikdagi yangiliklar xususida batafs...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish