“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
Nashr qilingan sana: 30.05.2025 15:47:36O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–147-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori tomonidan 197-sonli buyruq imzolandi.
Buyruqqa asosan, “O‘zbekko‘mir” AJda 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 1 nafar bosh mutaxassisdan iborat Kuzatuv kengashiga bo‘ysunuvchi va unga hisobdor bo‘lgan “Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limi” tashkil etildi. Bu bo‘lim mustaqillik tamoyili asosida faoliyat yuritib, Jamiyatdagi barcha korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
2025-yil 1-iyundan boshlab, Jamiyatning quyidagi filiallarida “korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yetakchi mutaxassis” lavozimi joriy etiladi:
▪️“Angren ko‘mir koni” filiali
▪️“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali
▪️“Apartak ko‘mir koni” filiali
▪️“Temiryo‘l transporti” filiali
▪️“Avtomobil texnologik transporti” filiali
▪️“Energetika va texnologiya tarmog‘i” filiali
▪️“Qurilish-montaj ishlari” filiali
▪️“Tog‘-transport uskunalarini sozlash zavodi” filiali
▪️“Moddiy texnik ta’minot va ijtimoiy soha” filiali
▪️“Ko‘mir ta’minot” MChJ
Shuningdek, “Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” va “Kapital qurilish” filiallarida mazkur vazifalar kadrlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislarga yuklatildi.
Jamiyatda tashkil etiladigan yangi lavozimlarga xodimlarni tanlash, ularni ishga qabul qilish belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Barcha mas’ullar, jumladan Jamiyat apparati va filiallardagi mutaxassislar, korrupsiyaga qarshi agentlikda hamda boshqaruv apparatida ikki haftalik malaka oshirish kurslarini o‘tashlari belgilandi.
Buyruq bilan belgilab qo‘yildiki, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limiga faqat Prezident qarori, sohaviy buyruqlar va belgilangan vazifalar doirasida faoliyat yuritish yuklatildi. Qo‘shimcha funksiya va vazifalarni yuklatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu muhim tashabbus “O‘zbekko‘mir” AJda shaffof, samarali va halol boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, sohada ishonchli muhit yaratishda katta ahamiyatga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat yuridik talab emas, balki har bir xodimning vijdon, mas’uliyat va halollikka asoslangan shaxsiy pozitsiyasi sifatida shakllanishi zarur.
Oxirgi yangiliklar:
Mukofotlash va koeffitsientlar qanday tartibda hisoblanadi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan onlayn ovozli chatlar orqali tashkil etib kelinayotgan muloqotlarda fuqarolar va jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan sa...
O'qish
Xalqaro forum: sanoat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Duny...
O'qish
“Ovozli chat”da qanday masalalar muhokama qilinmoqda?
Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish hamda joylardagi muammolarni aniqlash maqsadida “O‘z...
O'qish
Muhim minerallar sanoatini rivojlantirish vazifalari belgilandi
2026-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ish...
O'qish