Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet ‒ asosiy vazifamiz!
Nashr qilingan sana: 04.07.2025 18:24:26“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida diniy ekstremizm, radikalizm va aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy kurashish, sog‘lom fikrli avlodni tarbiyalash maqsadida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Joriy yil 3 iyul kuni “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida “Diniy ekstremizm, radikalizm, aqidaparastlik g‘oyalariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatiga Jamiyatning barcha filiallaridan 200 nafar xodim, ayniqsa yoshlar jalq qilindi.
Tadbirda ishtirokchilarga mafkuraviy tahdidlar, yot g‘oyalar va ularning jamiyatga salbiy ta’siri, shuningdek, bunday oqimlardan himoyalanishda oila, ta’lim muassasalari va jamoa ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
“O‘zbekko‘mir” AJda bunday tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilib, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish