|
Kasb |
Rejalashtirish bo‘yicha iqtisodchi |
|||
|
Ishjoyi |
O‘zbekko‘mir “Tog‘ – transport uskunalarini sozlash zavodii” filiali |
|||
|
Oklad |
2 324 240 (6- razryad) |
|||
|
Yoshi |
21 |
dan |
|
gacha |
|
Ma’lumoti |
Oliy ma’lumot |
|||
|
Qo’shimcha kvalifikatsiya |
|
|||
|
Ish tajribasi (staj) |
Kamida 1 yil |
|||
|
Bilishi kerak |
Kompyuter texnikalarida mavjud standart dasturlarni (Word, Excel) hamda ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va jo‘natish maxsus dasturlarini; Kompyuter texnikalari hamda ma’lumotlar jo‘natish tarmoqlaridan foydalanayotganda ma’lumotlar xavfsizligi qoidalarini; O‘z vakolati doirasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini; Korxonaning moddiy, moliyaviy va ishlab chiqarish xarajatlarini istiqbolli hamda joriy rejalashtirish uslubiyotini. Mahsulot tannarxini shakllantirish, sexlararo iqtisodiy tahlil qilish hamda texnik-iqtisodiy hisobotlarni yuritish tartibini. Shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini va zavod ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini hisobga olish hamda nazorat qilish tizimini. O‘zbekiston Respublikasi Soliq va Budjet qonunchiligi asoslarini, iqtisodiyot va ovarssi rejalashtirish negizlarini. |
|||
|
Ishning tavsifi |
O‘z vakolati doirasida kompyuter texnikalarini boshqarish qurilmalarini va undan foydalanish qoidalarini; Kompyuter texnikalarida o‘rnatilgan maxsus tizimlardan foydalanish qoidalarini (Windows); Yangi turdagi mahsulotlar, yangi texnika, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni o‘zlashtirishni texnik-iqtisodiy asoslashda qatnashadi. Norma va kalkulyatsiyalarni ro‘yxatga olish kitobida o‘z vaqtida qayd etish. Mahsulotning kalkulyatsiyasini tuzadi, bozor konyunkturasini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ulgurji va chakana narxlar, ishlar (xizmatlar) tariflari loyihalarini ishlab chiqadi. Korxona va uning bo‘linmalari xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil qiladi, ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlaydi va ish rejimini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi. Korxona va uning bo‘linmalari bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini, shuningdek ularning xo‘jalik faoliyati natijalarini hisobga oladi va nazorat qiladi. Kalkulyatsiya hisobini yuritadi, ularning hisobini tekshiradi. |
|||
|
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ishkuni |
|||
|
Talab etiladigan hujjatlar |
Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka). BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |
|||