Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda
Nashr qilingan sana: 17.11.2025 19:08:52
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tizimli ishlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom etmoqda. Jumladan, jamiyat va uning tarkibiy bo‘linmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi” mavzusida foto-chellenjlar tashkil etilib, xodimlar xalollik va shaffoflik tamoyillariga sodiqligini namoyish etmoqda.
Shu munosabat bilan “Qurilish-montaj ishlari” filiali jamoasi ham foto-chellenjda faol ishtirok etmoqda. Tadbir davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaning zararli oqibatlari, unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning faol pozitsiyasi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Filialning Kompaylens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati professional mutaxassisi R.Abdiqayyumov o‘z chiqishida shunday dedi:
– “Bugungi kunda taraqqiyotning eng katta dushmani — jamiyat ravnaqiga putur yetkazadigan eng xavfli illat bu – korrupsiyadir. Unga qarshi kurashish faqatgina tegishli idoralarning emas, balki har bir insonning fuqarolik burchi bo‘lishi lozim.
Aksilkorrupsiya oyligi doirasidagi tadbirlar jamiyatning barcha filiallarida amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus xodimlarda huquqiy madaniyatni oshirish, shaffoflik muhitini mustahkamlash va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan.
BIR JASORAT KO‘RSATAMIZ
Bu kun yurtim ulug‘ yo‘lda,
Ravnaq topar Vatan, millat.
Ammo lekin to‘g‘anoqdir
Korrupsiya – yovuz illat.
Elni, yurtni, jamiyatni
Yemirgaydir korrupsiya.
Befarqlikdan, qo‘rqoqlikdan
“Semirgaydir” korrupsiya.
Halollikning yo‘lin tutgan
Biz, konchilar, but avloddir.
Adolatdir – maslagimiz,
Korrupsiya bizga yotdir.
Orzu, mehnat, umid va baxt
Bizning ezgu bayotimiz.
Illatlardan holi bo‘lsak,
Go‘zallashar hayotimiz.
Basdir, elning ko‘zi mudom
Qachongacha yoshlangaydir.
Bir yurt bo‘lib, bir el bo‘lib,
Olg‘a qadam tashlangaydir.
Vatan – Yangi O‘zbekiston,
O‘rganamiz, o‘rgatamiz.
Yovuz dushmanlarga qarshi
Biz jasorat ko‘rsatamiz.
Birlashaylik, kurashaylik,
Ezgu shiorimiz-marshimiz.
Biz halollik tarafdori,
Korrupsiyaga qarshimiz.
Aslo rozi bo‘lmagaymiz,
Yo‘qolsin bu – yovuz illat.
Halol mehnat-rohat bilan
Yashnagaydir Vatan, millat.
Biz jasorat ko‘rsatamiz…
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari
Oxirgi yangiliklar:
Ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurash: jamoatchilik so‘rovnoma
“ “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni yanada ta’minlash, ishlab chiqarilayotgan ko‘mir mahsulotlarining sifati, sohada bozor mexanizmlarining joriy...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi – Toshkent xalqaro marafonida!
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Toshkent xalqaro marafoni” yuqori saviyada tashkil etildi. Nufuzli xalqaro spor...
O'qish
Mustaqillik kubogida “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi yoshlari gʻoliblar safidan oʻrin egalladi
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vazirlik va idoralar oʻrtasida Mustaqillik kubogi tashkil etildi. Unda turli tashkilotlar xodimla...
O'qish
Ertalabki badantarbiya – tetiklik va yaxshi kayfiyat garovi
Ertalabki badantarbiya bilan boshlangan ish kuni insonga kun davomida tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. “O‘zbekko‘mir” AJda bugun, juma kuni ham ish kuni ana shun...
O'qish