Aksiyadorlar diqqatiga: aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi
Nashr qilingan sana: 12.06.2026 23:25:33“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 9-iyundagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 30-iyun kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2026-yil 9-iyun holatiga tuziladi.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reyestri 2026-yil 25-iyun holatiga tuziladi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
3. Jamiyatning 2025-yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash.
4. “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
5. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha tashqi auditorlik tashkiloti xulosasini tasdiqlash.
7. “O‘zbekko‘mir” AJning 2025-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash, dividend miqdori, uni to‘lash shakli va tartibini tasdiqlash.
8. Jamiyatning 2025-yil yakuni bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.
9. Jamiyat aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda affillangan shaxslar bilan jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) ma’qullash.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa onunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Angren shahar, Istiqlol ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab tanishishlari mumkin.
Telefonlar: (+998 71) 150-39-80; faks: (+998 71) 150- 39- 89. Elektron manzil: e-mail info@coal.uz, veb sayt: www.uzbekcoal.uz.
Oxirgi yangiliklar:
“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida uchrashuv
“O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “TTUSZ” filialida “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi. Unda “TTUSZ” filiali rahbari D. Kamalov hamda Bosh di...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlarini realizatsiya qilish va aholiga yetkazib berish bo‘yicha
Ko‘mir narxlarining bozor tamoyillari asosida shakllanishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir mahsulotining narxi va sifati, yetkazib beruvchilarni tanlash...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq, kafolat va imtiyozlar muhokama markazida
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallarda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga yetkazishga qarati...
O'qish
Murojaat o‘z tasdig‘ini topdi: mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi
“O‘zbekko‘mir” AJ murojaatlar boti orqali fuqaro M.A. Xudoyberdievadan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan filiali Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan m...
O'qish