Angren ko'mir koniga Yaponiya universitetlari vakillari tashrif buyurishdi
Nashr qilingan sana: 18.11.2022 07:17:0417-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida "Energiya ‒ Yer ‒ muhandislik" mavzusida xalqaro anjuman bo'lib o'tdi.
O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumandan turli xil tadbirlar o'rin olgan. Tadbir doirasida Yaponiya universitetlarining professor va mutaxassislari Angren ko'mir koniga tashrif buyurishdi.
Yaponiyalik mehmonlarni Angren ko'mir konida "O'zbekko'mir" AJ bosh direktori Vladimir Kuznetsov iliq qabul qildi. Uchrashuv davomida kelajakda ikki tomonlama ilmiy-malakaviy hamkorlikdan korxonamiz manfaatdor ekanligini ta'kidladi.
O'z o'rnida O'zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi loyiha menejeri Yukinori Yanagida ham kadrlar tayyorlash, tog'-kon sohasidagi zamonaviy yechimlarni amaliyotga joriy etish borasida Yaponiya tomoni hamkorlikka tayyor ekanini ma'lum qildi.
Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan rejalar kelishib olindi.
Oxirgi yangiliklar:
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish
Jamoa shartnomasi: huquq va kafolatlaringizni bilasizmi?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy hamda...
O'qish