Angrenda imkoniyati cheklangan bolalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 03.12.2025 16:32:37
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Angren shahridagi 9-son ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internatida madaniy tadbir o‘tkazilishida Jamiyat tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbir Angren shahar hokimi Rayimov Alisher Abdumalikovichning tabrik nutqi bilan ochildi. U o‘z nutqida nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolalar tomonidan san’at va sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Bolajonlarning iste’dodi va chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur madaniy dasturni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan didjey-ovoz operatori, ovoz kuchaytirgich jihozlari jalb etildi. Shuningdek, “Yoshlar” vokal guruhi ishtirokidagi qo‘shiqlar tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.
Konsert dasturini tashkil etishda ham Jamiyat tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
Tadbir yakunida maktab-internatga 2 ta zamonaviy televizor sovg‘a qilindi. Bu esa bolalarning ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Tadbirda jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov ishtirok etdi va bolajonlarni tabriklab, sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.
Nodira G‘anieva,
“O‘zbekko‘mir” AJ BIlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi ishlar boshqaruvchisi

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ochiqlik va shaffoflik masalalari o‘rganildi
11 sentabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma e’lon qilindi. O‘tgan 16 kundan ortiq vaqt davomida unda jami 43...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi Angren ko'mir konida bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh direktorning matbuot kotibi va axborot siyosati...
O'qish
Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy...
O'qish
Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi. ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomon...
O'qish