“Apartak” koni: 1 million tonnalik marra zabt etildi
Nashr qilingan sana: 16.10.2024 05:08:01“Apartak” koni o‘z tarixida ilk bor 1 million tonnalik marrani zabt etdi. Agar ushbu kon yiliga o‘rtacha 387,5 ming tonna ko‘mir qazib chiqarish quvvatiga egaligini inobatga olsak, ushbu ko‘rsatkich salmog‘i naqadar yuqori ekanligi oydinlashadi.

Bir milliard 800 ming tonnalik zaxiraga ega “Angren” ko‘mir havzasida faoliyat olib borayotgan “Apartak” ko‘mir koni tarixi 1968 yildan boshlanadi. Dastlab bu yerda “Qizilqum” starateli jamoasi kon ochish va ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, 2001 yilda “Apartak” ochiq aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kon “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda.
So‘nggi yillarda konda ustki qatlamni ochish va ko‘mir qazib chiqarish hajmlarini yil sayin ko‘paytirib borilmoqda. Agar 2016 yili bu yerda konda 152,1 ming tonna ko‘mir qazib chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 355,1, 2020 yilda 456,0, 2021 yilda 767,8 ming tonnani tashkil etdi. O‘tgan yili 831,4 ming tonna ko‘mir qazib olindi.
Kon jamoasi joriy yilda 1350 ming tonna yoqilg‘i qazib chiqarishni rejalashtirilgan. Bu boradagi to‘qqiz oylik reja muddatidan oldin ortig‘i bilan ado etildi.
‒ Konimizga zamonaviy kon-texnikalari biriktirib berilgani ishlab chiqarishni oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Rahbariyat tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil etilayotgani, o‘z kasbini chuqur o‘zlashtirgan mutaxassislarimizning g‘ayrat-shijoati ham yutuqlarimizning omili bo‘layapti, ‒ deydi bo‘lim boshlig‘i Lutfulla Nosirov.
Ikki yuz yigirma kishi mehnat qilayotgan korxonaga bu yil 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega o‘nta “Komatsu” avtosamosvali va boshqa zamonaviy kon-texnikalari biriktirildi. Hozirgi kunda bu yerda 4 ta (EKG) 4 ta gidravlik ekskavator, 3 ta buldozer, 1 ta avtokran, 1 ta avtogreyder, 10 ta “Komatsu” (90 tn), 4 ta “FT) avtosamosval, burg‘ulash qurilmasi, konveyer liniyasi ishlab turibdi.

Tog‘ ustalari Dilshod Ro‘ziboev, Jo‘rabek Noraliev, Abdurasul Rustamqulov, Yo‘ldosh Nomozboev, ekskavator mashinistlari Kamol Soliev, Botir Nurmatov, shuhrat Nishonboev, aka-uka Ozod va Azamat Abdurahmonovlar, Farhod Bekovlar ko‘mir qazib olishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Lutfulla Nosirovning mamnuniyat bilan qayd etishicha, erishilayotgan yutuqlarda energetik Farruh Masharipov, katta mexanik vazifasini bajaruvchi Jahongir Avalmirzaev, nozimxona xodimi Davron Ashurov, mexanik Dilshod Abdurahmonov va boshqa ko‘plab mutaxassis konchilarning hissasi katta bo‘lmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish