Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Nashr qilingan sana: 03.07.2025 17:16:05
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining “Olmos” dam olish maskanida tashkil etilgan an’anaviy tadbirda vazirlik, idora va davlat organlari hamda tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari qatori “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatidan men ham ishtirok etib, katta taassurotlar bilan qaytdim.
Konferensiyada yagona axborot siyosati yuritishda bugungi dolzarb vazifalar, axborot xavfsizligi, ochiqlik, tezkorlik va xolislikni ta’minlash yuzasidan dolzarb vazifalar haqida ma’ruzalar tinglandi, axborot xavfsizligi, feyklar, ichki kommunikatsiyalar, xalqaro media amaliyotlar, krizis PR, ivent-menejment va shaxsiy samaradorlik masalalarida yuzma-yuz fikr almashdi. Panel sessiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va intellektual “Media-quiz” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi. “Omadli” jamoamiz bilim-ring bellashuvida 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Axborot xizmati rahbarlari o‘rtasidagi bunday muloqot ‒ faqat bilim va ko‘nikmalarni oshirishgina emas, balki kasbiy jipslik, ochiqlik va o‘zaro tajriba almashinuvi madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi. Yangi g‘oyalar, mediasavodxonlik va tashkilot imijini mustahkamlashga doir yondashuvlar almashildi. Bu anjuman axborot xizmatlari uchun haqiqiy maktabga aylandi.
Ne’mat DUSHAEV,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari



Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish