Aylanma iqtisodiyot uchun innovatsiyalar
Nashr qilingan sana: 02.05.2023 06:35:23Bugun poytaxtimizda Oʻzbekiston innovatsiyalar vazirligida "Aylanma iqtisodiyot uchun innovatsiyalar: Oʻzbekiston sanoatini oʻzgartirish boʻyicha talab etilayotgan loyihalar" mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.
Davlat boshqaruv organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda tarmoq korxonalardagi innovatsiya masalalari boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari va masʼul xodimlar jalb qilingan seminarda "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari ham ishtirok etdi.
Ayni kunlarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasidan iborat xorijiy delegatsiya Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Ushbu tashrif doirasida tashkil etilgan seminarda mintaqaviy ekspertlar Oʻzbekistonda innovatsion rivojlanish boʻyicha oʻz taklif va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Asosiy eʼtibor atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilarni yuqori texnologiyalar asosida ushlab qolib qayta ishlash va ishlab chiqarishda foydalanish masalalariga qaratildi.
Mintaqaviy seminarda biz ishtirokchilar, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidagi muammo va kamchiliklar, korxonani boshqarish, innovatsiyani joriy qilish, biznes reja tuzishda chet ellik hamkorlar bilan ishlash boʻyicha foydali maʼlumotlar oldik.
Qutlugʻ Teshaboyev,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ innovatsion texnologiyalar va istiqbolli rivojlanish boʻyicha yetakchi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish