Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferenciyasi
Nashr qilingan sana: 17.04.2025 14:54:20
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Jamiyat ijro apparati binosida tashkil etilgan tadbirda 70 delegatdan 49 nafari ishtirok etdi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisining o'rinbosari Saidmurod To‘xtayev boshqarib borgan tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-2024-yillardagi faoliyati masalasi muhokama etildi.
Ushbu masala yuzasidan Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abduhosir Qayumov hisobot berdi.
Jamiyatda ko‘mir qazib olish hajmlari yil sayin ortib bormoqda. 2020-yilda 3 million 869 ming tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 6 million 766 ming tonnani tashkil etdi. Shunga mehnat kishisini qadrlanib, ularning unumli ishlash va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda, dedi A.Qayumov. Hisobot davrida, jumladan mehnat muhofazasi BITIMining yilma-yil bajarilishi uchun 2020-yilda 494 389,0 mln. so‘m, 2021-yilda 482 500,0, 2022-yilda 88 207,0, 2023-yilda 114 621,0, 2024-yilda 200 376,5 mln so‘m sarflandi.
Har bir ishchi-xodimning sog‘ligini asrash, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish davomida jarohat olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har yili mehnat muhofazasi bo‘yicha BITIM va boshqa tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga oshirildi. Xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash bilan birga ularning salomatligini tiklash, ma'naviy-ma'rifiy, sport tadbirlariga jalb etish ishlariga alohida e'tibor qaratildi. Konchilar va ularning farzandlari ijtimoiy himoyasi ham ustuvor vazifa bo‘lib keldi. Hisobot davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oilalar hamda “regressnik”larning bolalariga 57 885,0 ming so‘mlik o‘quv qurollari olib berildi.
Ishchi-xodimlar hamda ularning farzandlarining dam olishlarini tashkil etish uchun konsertlarga, tsirk tomoshalariga, attraktsionlarga chiptalar olib berildi. Jumladan, 2020-yilda 40 ta chipta xarid qilingan bo‘lsa, ushbu raqam 2021-yilda 2718, 2023-yilda 2750 tani tashkil etdi. Hisobot davrida jami 394 720,0 ming so‘m sarflandi. “Angren ko‘mir koni”, “Avtomobil va texnologik transport”, “Temir yo‘l transporti” va “Qurilish-montaj ishlari” filiallarida ma'naviyat-ma'rifat xonalari tashkil etilib, ular 3000 donadan ortiq kitob bilan ta'minlandi. Ushbu maqsadlar uchun 20 000,0 ming so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Ishchi-xodimlarning salomatligini tiklash ishlariga alohida e'tibor qaratildi. Sanatoriyalarga yo‘llanmalar uchun 2 165 141,0 ming so‘m ajratildi.
Ma'ruzachi jamoa shartnomasi asosida konchilar farzandlariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, konchi ayollar va yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, shuningdek murojaatlar bilan ishlash masalalariga ham alohida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng hisobot yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Delegatlardan “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali rahbari Erkin Ergashev, “Avtomobil-texnologik transporti” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rahmatjon Ahmadaliyev va boshqalar so‘z olib, hisobot bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusi faoliyati hamda kasaba uyushmasi a'zolari huquq-manfaatlarini ifoda etuvchi takliflarini berdilar.
Konferensiyada Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining taftish komissiyasi hisoboti ham tinglandi.
Ushbu masala yuzasidan mazkur komissiya raisi Oydin Umarova ma'ruza qildi.
Delegatlar Birlashgan kasaba uyushma qo'mitasi va Taftish komissiyasining hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topdilar.
Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga uch nafar nomzod ko‘rsatildi. Ovoz berish yashirin tarzda tashkil etildi va Abduhosir Qayumov ko‘pchilik ovoz bilan qo‘mita raisi etib qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, 19 kishidan iborat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, taftish komissiyasi tarkibi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi qurultoyiga delegatlar saylandi.
Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Shuhrat Qurbonov, “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.Do‘smatov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish